» » Shavkat Mirziyoyev Eron—Turkmaniston chegarasida qolib ketgan haydovchilarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha alohida ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev Eron—Turkmaniston chegarasida qolib ketgan haydovchilarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha alohida ko‘rsatma berdi


O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida Eronga insonparvarlik yordamini jo‘natishi xabar berilgan edi.

O‘zbekiston hukumati portalida ma’lum qilinishicha, mazkur xavfli infeksiyaga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish maqsadida steril tibbiy qo‘lqoplar, himoya qiluvchi kombinezonlar, maxsus tibbiy formalar, niqoblar, doka, spirt, gigiyenik gellar va dori vositalari singari umumiy og‘irligi qariyb 6 tonna bo‘lgan tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuborilmoqda.

Mavzuga doir:

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning alohida ko‘rsatmasiga muvofiq, Mudofaa vazirligi tomonidan Eronga insonparvarlik yukini yetkazish uchun ajratilgan havo kemasida ayni jarayonda Eronda qolib ketgan 14 nafar yuk tashuvchi haydovchilar, tadbirkorlar, talabalar — jami 28 nafar o‘zbekistonlik olib kelinadi.

Ular va samolyot ekipaji a’zolari qaytib kelgach, belgilangan tartibda malakali shifokorlar, soha mutaxassislari nazorati ostida ikki hafta muddatda karantinda saqlanadi.

Eron—Turkmaniston chegara nazorat-o‘tkazish punktlarida qolib ketganlar orasida bo‘lgan 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi Shavkat Mirziyoyevga yordam so‘rab, videomurojaat yo‘llagandi. O‘zbekiston TIV ham bu ma’lumotni tasdiqlab, O‘zbekistonning Tehron shahridagi elchixonasining konsullik bo‘limi 23-fevraldan buyon mazkur fuqarolar bilan doimiy aloqada bo‘lib kelayotganini ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, ular transport vositalarini bojxona postlarida qoldirib, vatanga qaytishni rad etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют