» » Koronavirus sababli sayyohlar g‘amxo‘rligidan ayrilgan maymunlar Tailand shaharlarini ishg‘ol etmoqda (video)

Koronavirus sababli sayyohlar g‘amxo‘rligidan ayrilgan maymunlar Tailand shaharlarini ishg‘ol etmoqda (video)


Koronavirus sababli Tailandda turizm inqirozga uchragani va turistlarning kamayib ketishi natijasida, mazkur mamlakatdagi maymunlari och qolmoqda. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hayvonlar ulkan to‘da bo‘lib, hatto ozgina ovqat uchun bir-birini o‘ldirishga ham tayyor bo‘lmoqda.

Qayd etilishicha, hayvonlarning fe’l-atvoriga odatlangan tailandliklar maymunlarning shafqatsizligidan hayratda qolmoqda. Maymunlar kimning qo‘lida yegulikni ko‘rsa, uni g‘ajib tashlashga ham tayyor.

Lopburi shahrida minglab yovvoyi maymunlar ko‘chalarda aylanib yuradi va qadimgi Budda ibodatxonalarida yashaydi. Tashrif buyurgan sayyohlar hayvonlarni ovqatlantirgan va ularning soni ko‘p bo‘lganligi sababli, maymunlar ovqat tanqisligini sezishmagan. Koronavirus tarqalishi sababli Tailandga sayyohlarning oqimi 44 foizga kamayib ketdi.

Avvalroq, Tailand koronavirus sababli 18 ta davlat, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatgan edi. Shuningdek, koronavirus sababli Tailandga keladigan sayyohlar sonining 6 million kishiga kamayishi kutilayotgan edi. Tailand davlat xizmatchilariga xizmat safarlarini cheklagan.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 13-martning asosiy xabarlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют