» » O‘zbekistonliklarga Fransiya, Ispaniya va Britaniyaga bormaslik tavsiya qilindi

O‘zbekistonliklarga Fransiya, Ispaniya va Britaniyaga bormaslik tavsiya qilindi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan yoki mazkur davlatlarga borishni rejalashtirayotgan fuqarolariga murojaat qildi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, “dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan bog‘liq holatning og‘irlashishi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya e’lon qilinishi munosabati bilan” O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaror chiqargan.

Unga ko‘ra, 14-martidan boshlab O‘zbekiston bilan Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi barcha aviaqatnovlar to‘xtatildi, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Fransiya va Ispaniya fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonga barcha turdagi chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelishi ham vaqtincha to‘xtatildi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston 14-martdan boshlab Fransiya, Italiya va Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatadi

Bundan tashqari, so‘nggi 14 kun ichida Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniyaga borgan barcha xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston hududiga kirishi vaqtincha to‘xtatildi. Qayd etishlaricha, bu cheklovlar diplomatik va xizmat pasporti egalariga, so‘nggi 14 kun ichida bu yetti mamlakatda bo‘lmagan boshqa chet elliklar va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Ma’lumot uchun: 14-mart holatiga ko‘ra, Xitoyda 80 973 ta, Janubiy Koreyada 8 086 ta, Italiyada 17 660 ta, Eronda 12 729 ta, Ispaniyada 5 232 ta, Buyuk Britaniyada 801 ta kasallanish holati qayd etilgan. Shundan Xitoyda 3 193 kishi vafot etgan, 65 655 kishi sog‘aygan, Janubiy Koreyada 72 kishi vafot etgan, 510 kishi sog‘aygan, Italiyada 1 266 kishi vafot etgan, 1 439 kishi sog‘aygan, Eronda 611 kishi vafot etgan, 2 959 kishi sog‘aygan, Ispaniyada 133 kishi vafot etgan, 193 kishi sog‘aygan, Buyuk Britaniyada 10 kishi vafot etgan, 18 kishi sog‘aygan.

“Yuqoridagilarni inobatga olib, TIV vatandoshlarimizdan favqulodda zarurat bo‘lmasa, Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga vaqtincha bormay turishlarini tavsiya qiladi”, — deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi murojaatida. Ushbu davlatlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari esa zarur holatlarda quyidagi elchixonalarga murojaat qilishi mumkin:

O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasi (Ishchi guruh):

Furqat Qodirov, siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, +33187866491

siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, konsul, birinchi kotib, +33153300355

Shavkat Toshev, uchinchi kotib, +33153300354

Sardor Salimov, attashe, +33187866490

Otabek O‘ngboyev, Uzbekistan Airways’ning Parijdagi vakili,+33145224550

O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasi: +34 91 3101639

O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi: +44 207-2297679, +44 871-468-1100

Ma’lumot uchun, shu kungacha O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilmadi. O‘zbekiston fuqarolarining koronavirus yuqtirib olishi bilan bog‘liq yagona holat esa Janubiy Koreyada aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют