» » “Sport zalidan tashqarida nimalar ro‘y berayotganiga umuman tushunmayapman” — Habib Nurmagomedov

“Sport zalidan tashqarida nimalar ro‘y berayotganiga umuman tushunmayapman” — Habib Nurmagomedov


UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov Toshkent vaqti bilan 19-aprel kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan Toni Fergyusonga qarshi jangining koronavirus pandemiyasi sabab bekor qilinishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

“Sport zalidan tashqarida nimalar ro‘y berayotganiga umuman tushunmayapman. Menda ham boshqalarda bo‘lgani kabi ma’lumotlar bor, xolos. Men zalda mashg‘ulotlarni davom ettiryapman. Kelajakda nima bo‘lishini esa hech kim bilmaydi”, — deydi Habib.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC prezidenti Deyna Uayt janglarni bekor qilish niyatida emasligini, faqat janglar muxlislarsiz arenada o‘tishi mumkinligini aytgandi.

Ma’lumot uchun, Habib—Fergyuson jangi Las-Vegasda bo‘lib o‘tishi belgilangan. Bu ikkala sportchi o‘rtasidagi jangni tashkil etishga qaratilgan beshinchi urinish hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют