» » O‘tgan bir sutka davomida Italiyada 368 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi

O‘tgan bir sutka davomida Italiyada 368 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi


O‘tgan bir sutka ichida Italiyada koronavirus oqibatida 368 kishi vafot etdi. Bu haqda Fuqaro himoyasi departamenti Anjelo Borelliga tayanib, ANSA agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1809 kishiga yetgan.

Bundan tashqari o‘tgan bir sutka ichida Italiyada yana 2853 kishida koronavirus aniqlangan. Hozirgi vaqtga kelib butun mamlakat bo‘ylab virus bilan kasallanganlar soni 20,6 ming kishidan oshmoqda.

Mavzuga doir: “Xalq hech qachon taslim bo‘lmaydi!”. Karantindagi italiyaliklar balkonga chiqib qo‘shiq kuylamoqda (video)

15-mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 156 ming nafardan oshgani xabar qilingan. COVID-19 keltirib chiqargan pnevmoniya kasalligidan o‘lganlar soni 5819 nafarni, tuzalib ketganlar esa 73,9 ming nafarni tashkil etgan. Kasallanish holatlari dunyoning 142 ta mamlakatida qayd etilgan.

O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 4 nafarga yetgan. Mamlakat koronavirus sabab avia va avtoqatnovlarni to‘xtatagan, shuningdek, barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют