» » Chexiya hukumati mamlakat bo‘ylab karantin e’lon qildi

Chexiya hukumati mamlakat bo‘ylab karantin e’lon qildi


Chexiya hukumati Covid-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining bir necha soat davom etgan yig‘ilishidan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab karantin joriy qildi, deb xabar berdi “RBK”.

Mamlakat bosh vaziri Andrey Babishning aytishicha, karantin 16-mart soat 00:00 dan kuchga kiradi hamda 24-mart 06:00 gacha davom etadi.

Cheklov mamlakat aholisi faqat dorixonalar va sog‘liqni saqlash muassasalariga borish, oziq-ovqat sotib olish, qarindoshlarga g‘amxo‘rlik qilish va ishga borish uchun uydan chiqishi mumkinligini ko‘zda tutadi.

Chexiya aholisi, shuningdek, banklar va pochtaga ham borishi mumkin. Boshqa barcha holatlarda mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish taqiqlanadi. Karantin choralarini nazorat qilish uchun politsiya ikki mingdan ortiq harbiy xizmatchi va 400 nafar bojxona xodimi jalb qiladi. Bemorlarning uchdan ikki qismi virusni chet elda yuqtirgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 4 nafarga yetdi.

15-mart, yakshanba kuni Fransiyada bo‘lib qaytgan o‘zbekistonlik ayolda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng, ayol bilan muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi yotqizilgandi. Undan tashqari, shu reysda kelib, O‘zbekistonda qolgan yo‘lovchilarning bari aniqlanib, umumiy hisobda 150 kishi izolyatsiyaga olingani haqida xabar berilgandi.

16-martdan O‘zbekistonda barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopildi, Uzbekistan Airways mahalliy va xalqaro aviaqatnovlarni bekor qildi.

Qozog‘istonda 16-martdan favqulodda holat tartibi amal qilishni boshladi.

Mavzuga doir: Bosh vazir karantin sharoitida narxlarni sun’iy oshirganlar jinoiy javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют