» » Xitoy iqtisodiyotida 30 yil ichida koronavirus tufayli eng salbiy natijalar qayd etildi

Xitoy iqtisodiyotida 30 yil ichida koronavirus tufayli eng salbiy natijalar qayd etildi


Xitoy hukumati tomonidan e’lon qilingan statistika ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2020-yilning dastlabki ikki oyida sanoat ishlab chiqarishining pasayishi so‘nggi 30 yil davomida kuzatilgan eng salbiy ko‘rsatkich bo‘ldi. Bu haqda Reuters’ga tayanib “RBK” xabar bermoqda.

Statistikaga ko‘ra, yanvar—fevral oylarida sanoat ishlab chiqarishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,5 foizga tushib ketgan. Dekabr oyida esa, mamlakatda koronavirusga chalinganlar hali aniqlanmagan vaqtda bu ko‘rsatkich 6,9 foizga ko‘tarilgan.

Xabarda aytilishicha, statistik ko‘rsatkichlarning pasayishi kutilganidan ham past bo‘ldi. Eng katta muammolar, savdo (20,5 foizga pasayish), asosiy kapitalga investitsiyalar (24,5 foizga) sohalarida kuzatilgan.

Xitoydan eksport qilish yanvar—fevral oylarida 17,2 foizga kamaygan.

Xitoy rasmiylarining mamlakatda koronavirus avj pallasi yengib o‘tilgani to‘g‘risidagi bayonotlariga qaramay, Reuters agentligi keltirgan tahlilchilar Xitoy iqtisodiyoti normal holatga qaytishi uchun yana bir necha oy kerak bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Qolaversa, infeksiyaning butun dunyoga taqraqalishi global retsessiyaga olib kelishi, bu esa Xitoy tovarlariga bo‘lgan talabga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Biroq, Xitoyning o‘zida koronavirusning ta’siri qisqa muddatli bo‘lishi va hukumat tomonidan ko‘rilgan qat’iy choralar mamlakatdagi vaziyatni tezda tiklashi ta’kidlanmoqda.

Avvalroq Bloomberg ekspertlari Koronavirus jahon iqtisodiyotiga 2,7 trln dollargacha zarar keltirishi mumkinligidan ogohlantirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют