» » 2019-yilda O‘zbekiston korxonalari 331 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqardi

2019-yilda O‘zbekiston korxonalari 331 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqardi


Davlat statistika qo‘mitasi 2019-yilning yanvar—dekabr oylarida respublika korxonalari tomonidan qancha mahsuot ishlab chiqarilgani haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning yanvar—dekabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 331,0 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli (yanvar—dekabr oylariga) davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 106,6 foizni tashkil etdi.

Jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat 9,4 foizga, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash 0,3 foizga va suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilish 6,3 foizga o‘sishi hisoblanadi, shuningdek, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida 1,0 foizga pasayish kuzatildi.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2019-yilning yanvar—dekabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 43,1 trillion so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 13,0 foizini tashkil etdi.

2019-yilning yanvar—dekabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 264,4 trillion so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 79,9 foizini tashkil etdi.

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 23,1 trillion so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 6,4 foizni) tashkil etdi.

Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 2,3 trillion so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,7 foizini) tashkil etdi.

Tayyor mahsulotlar turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 111,5 trillion so‘mni tashkil etdi va 2018-yilning mos davriga nisbatan 12,1 foizga o‘sishni ta’minladi, jami sanoatdagi ulushi esa 33,7 foizni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 134) ( 0) ( 131) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют