» » O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi

O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi


Davlat statistika qo‘mitasi yanvar—iyul oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma’lumot berdi.

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 49,6 foizga oshgan. 2018-yilning shu davrida 98 700 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019-yilda 147 650 tani yashkil etgan.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish esa 55,1 foizga ortdi. 2018-yilda — 1 925 dona, 2019-yilda — 2 985.

Avtobuslar ishlab chiqarish hajmida ham o‘sish kuzatildi — 3,6 foiz punkti (2018-yilda 303 dona, 2019-yilda 1 095 dona).

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish 62,4 foizga oshdi. 2018-yilda 70 534 dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2019-yilda — 114 561.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют