» » O‘zbekiston koronavirus sabab AQShga aviaqatnovlarni to‘xtatdi

O‘zbekiston koronavirus sabab AQShga aviaqatnovlarni to‘xtatdi


Koronavirusning O‘zbekiston hududiga kirib kelishidan saqlanish maqsadida Uzbekistan Airways 2020-yil 16-martdan boshlab Toshkent—Nyu-York—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi bergan ma’lumotga tayanib, TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, elchixona mazkur davrda AQShdan O‘zbekistonga borishni rejalashtirgan fuqarolarga o‘z safarlarini keyinroqqa qoldirishni va aviachiptalarni qaytadan bronlashni tavsiya qildi. Aviabiletlarni qaytarishda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan reyslarni bekor qilish davrida jarimalar olinmaydi.

Bunda O‘zbekiston fuqarolari o‘z vatanlariga qaytganlaridan keyin 14 kunlik karantinga olinadi.

AQShda koronavirus tarqalishi borasidagi vaziyatning keskinlashishi va mamlakatda favqulodda holat e’lon qilinishi munosabati bilan, O‘zbekiston fuqarolariga favqulodda zarurat bo‘lmasa, AQShga borish tavsiya etilmaydi.

O‘zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga tashrif buyuruvchilar orasida koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida konsullik-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish masofadan turib (shaxsiy murojaatsiz), shuningdek, pochta xizmati orqali yozishmalar yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Arizachilarning shaxsan hozir bo‘lishini talab qiladigan hujjatlar bundan mustasno (hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida ma’lumot Elchixonaning “uzbekistan.org” va Bosh konsulxonaning “www.uzbekconsulny.org” veb-saytlarida joylashtirilgan).

Shu munosabat bilan hamda diaspora tashkilotlari va vatandoshlar bilan doimiy aloqalarni o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida Elchixona va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxona tomonidan doimiy ishlaydigan “ishonch telefonlari” ochildi va ishlamoqda.

Avvalroq O‘zbekiston koronavirus avj olgani sababli 1-martdan boshlab Tokio va Rimga bo‘lgan yo‘nalishdagi qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgani ma’lum qilingandi. Bundan tashqari, Jidda va Madinaga bo‘lgan aviaqatnovlar hamda Afg‘oniston va Eron bilan ham aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatilgan. 14-martdan boshlab esa Uzbekistan Airways Fransiya, Italiya va Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgani, chet elda qolgan vatandoshlar charter reyslarda qaytarilishi mumkinligi xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют