» » Toshkentdagi OTMlarda 30 ming nafar talaba o‘zlari yashaydigan viloyatlarga jo‘nab ketdi (foto)

Toshkentdagi OTMlarda 30 ming nafar talaba o‘zlari yashaydigan viloyatlarga jo‘nab ketdi (foto)


16-mart kuni Toshkent shahridagi OTMlarda tahsil olayotgan talabalarni doimiy yashash joylariga kuzatish ishlari boshlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Ayni vaqtga qadar 30 ming nafarga yaqin talaba markazlashtirilgan tartibda Toshkent shahridan o‘zlari yashaydigan viloyatlarga jo‘nab ketdi.

Avvalroq barcha oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 2020-yil 16-martdan e’tiboran o‘qish to‘xtatilib, o‘quvchi-talabalar hozircha ikki hafta muddatga ta’tilga chiqarilishi haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, talabalarni jo‘natish ishlari davom etmoqda.

Mutasaddilar o‘z o‘rnida vahima ko‘tarmaslikka chaqirmoqda. Barcha yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazilishi ta’minlanishi bo‘yicha choralar ko‘rilyapti. Yo‘lovchilarni manzilga yetkazish uchun avtovokzaldan qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yila boshlandi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdulla Azizov o‘zining Facebook’dagi sahifasida eng ko‘p shikoyatlar viloyatlarga qatnovchi taksichilar ustidan tushayotganini ma’lum qilgan va “Hurmatli taksi haydovchilari insofli bo‘lib, talabalar o‘qishlari to‘xtatilib uyga qaytayotganlaridan foydalanib, narxlarni ko‘tarmanglar”, deb aytgandi.

Qashqadaryo transport boshqarmasi qashqadaryolik talabalarni Toshkentdan olib ketish uchun 5 ta avtobus, 2 ta  mikroavtobus va 50 ga yaqin yengil avtomobil ajratdi.

Hozirda O‘zbekistonda 10 kishi  koronavirusga chalingan. Ular orasida og‘ir ahvoldagilar yo‘q. Bundan tashqari, 641 kishi kasalxonalarda, 5661 kishi esa uy sharoitida karantinga olingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют