» » Qirg‘izistonda ham koronavirus aniqlandi

Qirg‘izistonda ham koronavirus aniqlandi


Qirg‘izistonning Suzoq tumanida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha uchta holat qayd etildi. Bu haqda 18-mart kuni mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayevga tayanib, Akipress xabar berdi.

Gap Umra ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga borib kelgan uch nafar Qirg‘iziston fuqarosi haqida ketmoqda. Mamlakat koronavirusga tekshiriladigan davlatlar qatoriga kiritilmagan edi.

12-mart kuni ular Qirg‘izistonga qaytib kelgan va ulardan tahlil namunalari olingan. Ziyoratchilar shifokorlar nazorati ostida karantinda saqlanayotgan edi.

16-mart kuni Umradan qaytgan Suzoq tumani Blagoveshenka qishlog‘ida istiqomat qiluvchi ayolning tana harorati ko‘tarilib ketgan. U shifoxonaga olib kelinib, tahlil natijalari olinib, O‘sh viloyatiga yuborilgan. Ayol bilan birgalikda Saudiya Arabistonidan 8 kishi kelgan, ularning 3 nafarida koronavirus aniqlangan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar ayollarning yaqinlaridan ham tekshiruv uchun tahlil namunalarini olgan. Tadqiqotlar birinchi bosqichda O‘sh viloyatidagi laboratoriyada o‘tkazilgan. Shundan so‘ng, barcha tahlil natijalari Bishkekka yuborilgan va u yerda koronavirus tasdiqlangan.

Avvalroq Qirg‘izistonda 16-martdan boshlab barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalari 3 haftaga karantinga yopilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Qirg‘iziston hukumati koronavirus qayd etilgan davlatlarga borgan xorijliklarning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ygan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, koronavirus tarqalgani sababli Uzbekistan Airways 27-fevraldan boshlab Toshkentdan Jidda va Madinaga bo‘lgan barcha qatnovlarni vaqtinchalik to‘xtatgan. 15-mart kuni esa O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi. Hozirda O‘zbekistonda 11 kishida koronavirus aniqlangan. Qozog‘istonda esa kasallikka chalinganlar soni olti nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют