» » Braziliyada Chevrolet Cobalt ishlab chiqarish to‘xtatildi

Braziliyada Chevrolet Cobalt ishlab chiqarish to‘xtatildi


GM Brazil rasman Chevrolet Cobalt ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Bu haqda Braziliya OAVlarida tarqalgan xabarlarga tayanib, Spot xabar berdi.

Ushbu modelni ishlab chiqarish 2019-yilning oxirida to‘xtatilgan edi va endilikda dilerlar qolgan mahsulotlarni sotish bilan shug‘ullanmoqda. Kompaniya Chevrolet Onix’ning muvaffaqiyatli savdosi Cobalt xaridiga ta’sir ko‘rsatganini tan olgan.

“Kompaniya yuqori samaradorlikka ega Onix Plus ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganidan buyon iste’molchilar Cobalt’dan yangi modelga o‘ta boshlganiga guvoh bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Shunday qilib O‘zbekiston Chevrolet Cobalt modeli yig‘iladigan yagona davlatga aylanib qoldi, avvalroq Kolumbiya ham ushbu modelni yig‘ishni to‘xtatgan edi.

Yanvar oyining boshida UzAuto Motors kompaniyasi Nexia, Spark, Gentra, Cobalt’ni yangi modellarga almashtirish niyatida ekanligi haqida xabar berilgandi. Xususan, O‘zbekistonda 2020-yildan Chevrolet Onix ishlab chiqarilishi kerak edi.

Mavzuga doir: Trailblazer’ning O‘zbekistondagi kelajagi noma’lumligicha qolmoqda

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi 9-martdan avtomobillar uchun yangi narxlarni 3 foizdan 21 foizgacha oshirdi. Mashinalar narxining bunday keskin tarzda oshirilishi ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют