» » Agrepina Shin maktabgacha ta’lim muassasalarida qaysi xodimlar faoliyatini ish joyida amalga oshirishi haqida ma’lumot berdi

Agrepina Shin maktabgacha ta’lim muassasalarida qaysi xodimlar faoliyatini ish joyida amalga oshirishi haqida ma’lumot berdi


Maktabgacha ta’lim muassasalarida karantin davrida maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi, metodist, hamshira, farrosh va qorovul faoliyatini ish joyida amalga oshiradi. Bu haqda 18-mart, chorshanba kuni, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va profilaktika qilish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar mavzusidagi davra suhbatida ma’lum qilindi.

Qolgan barcha MTM xodimlari 18-mart sanasidan boshlab rejadan tashqari haq to‘lanadigan mehnat ta’tiliga chiqadi.

Davra suhbatida Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin O‘zbekiston hukumati va Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbari Bahrom Almatovning rasmiy murojaati asosida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tezkor choralar amalga oshirilganini aytdi. 15-martdagi 39-raqamli qaror asosida O‘zbekistondagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun 16-mart kunidan ta’til e’lon qilingani bildirildi.

Karantin shartli ravishda 31-martgacha davom etishi belgilangan. Ammo mazkur muddat Respublika maxsus komissiyasi tomonidan beriladigan buyruq bilan o‘zgarishi mumkin. Shuningdek, davra suhbatida barcha MTMlarning binolari, guruhlar, mebellar, o‘yinchoqlar va hojatxonalar dezinfeksiya qilingani, Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining tumanlardagi vakillari tomonidan binolar, mahsulot bloklari sanitar ishlovdan o‘tkazilgani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopilishi ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют