» » Maktabgacha ta’lim vazirligi koronovirusning kirib kelishi va oldini olish yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Maktabgacha ta’lim vazirligi koronovirusning kirib kelishi va oldini olish yuzasidan rasmiy bayonot berdi


Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 18-mart, chorshanba kuni, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va profilaktika qilish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin amalga oshirilgan chora-tadbirlar borasida to‘xtalib o‘tgan bo‘lsa, vazirlik bu borada rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Bayonotda, xususan, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari zimmasiga tibbiy hamshiralar tomonidan har kuni barcha tarbiyalanuvchilar orasida patronaj o‘tkazilib, uning natijasi haqidagi kundalik ma’lumotlarni tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish yuklangani ma’lum qilingan.

Ta’til kunlari ota-onalar bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lish, tarbiyalanuvchilar ahvolidan xabar olish, tushuntirish ishlari olib borish, tarbiyalanuvchilar orasida koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan holat aniqlanganda, darhol ushbu holat yuzasidan tezkor ma’lumotni hududiy bo‘linmalarda tashkil etilgan shtablar orqali O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining shtabiga yuborilishini ta’minlash vazifalari ham yuklatiladi.

Respublika hududidagi barcha nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbarlariga mas’uliyat va javobgarlikni zimmasiga olgan holda yuqorida qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirishi tavsiya etilgan.

Navbatdan tashqari ta’til muddatini uzaytirish zarurati bo‘lgan taqdirda 2020-yilning 26-martiga qadar Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritilishi ta’minlanadi.

Bugungi kun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 14 050 ta maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati to‘xtatilgan. 1 458 681 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim tashkiloti tibbiy hamshirasining potranaji ostida uy sharoitida qolmoqda.

Mavzuga doir: Agrepina Shin maktabgacha ta’lim muassasalarida qaysi xodimlar faoliyatini ish joyida amalga oshirishi haqida ma’lumot berdi

Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopilishi ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 108) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют