» » Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov koronavirusga qarshi kurash masalasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov koronavirusga qarshi kurash masalasini muhokama qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbarlari O‘zbekiston—Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, ko‘p qirrali hamkorlikni, avvalo savdo-iqtisodiy, energetika va transport-kommunikatsiya sohalarida kengaytirish masalalarini batafsil muhokama qildi.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi samarali kurashishni ta’minlash va uning ikki tomonlama aloqalarga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida hukumatlar darajasida samarali hamkorlik qilish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot so‘ngida Prezidentlar bir-birini hamda qardosh O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlarini kirib kelayotgan bahor, baxt-saodat va yangilanish ayyomi — Navro‘z bilan samimiy qutladi.

Ushbu fayzli bayram asrlar osha mustahkam do‘stlik, tarixi va madaniyati mushtarakligi, tili, an’ana va urf-odatlari o‘xshashligi bilan chambarchas bog‘langan xalqlar ma’naviy hayotining ajralmas qismi ekani qayd etildi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik, ezgulik va farovonlik tiladi. Bugungi mushkul davrda Turkmaniston har tomonlama ko‘maklashishiga va yangi xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etishga tayyor ekani alohida ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev bilan ham koronavirus bo‘yicha vaziyatni muhokama qilgan edi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha xalqqa murojaat qildi hamda O‘zbekistonda koronavirus sababli zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan sohalarda soliq ta’tillari berilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 18 nafarga yetdi. Ma’lum bo‘lishicha, 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan, O‘zbekistondagi rasman birinchi koronavirus tashuvchisiga aylangan oliy toifali shifokor ayolning onasi, kelini va birga ishlaydigan hamkasbida ham koronavirus aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют