» » Chilonzordagi “koronavirusga qarshi dori” sotayotgan dorixonadan mazkur “dori” haqidagi e’lon olib tashlandi

Chilonzordagi “koronavirusga qarshi dori” sotayotgan dorixonadan mazkur “dori” haqidagi e’lon olib tashlandi


Internet tarmoqlarida Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasidagi dorixonada koronavirusga qarshi dori vositasi mavjudligi to‘g‘risida e’lon osilgan rasmlari tarqalgan. Bu haqda “Koronavirus Info” kanali xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti dorixona rahbari bilan ushbu e’lonni olib tashlash va tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkazgan.

Shundan so‘ng, koronavirusga qarshi dori vositasi mavjudligi to‘g‘risida e’lon dorixonadan olib tashlangan.

Avvalroq, O‘zbekistonda tibbiy niqoblar qimmatlashganining sababi tushuntirilgan hamda mamlakatda bir kunda ishlab chiqarilayotgan tibbiy niqoblar soni ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: “Niqoblar to‘g‘ri taqilmasa, virusdan himoya qilmaydi”. Tibbiyot niqoblarining foyda va zarari haqida

AQSh O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun shaxsiy himoya vositalarining 2-partiyasini topshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют