» » Yunusobod metro liniyasi vaqtincha yopildi, ammo yo‘lovchilar bu haqda oldindan ogohlantirilmadi

Yunusobod metro liniyasi vaqtincha yopildi, ammo yo‘lovchilar bu haqda oldindan ogohlantirilmadi


Bugun, 19-mart kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasidagi yangi stantsiyalarni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida va texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan mazkur yo‘nalish vaqtincha yopildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi axborot xizmati.

Bu haqda yo‘lovchilar murojaatlariga tayanib “Ko dnu” Telegram-kanali soat 09:04 da ma’lum qilgan. Vazirlik xabari esa bundan qariyb ikki soat o‘tib (10:55) e’lon qilingan.

Vazirlik vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, ushbu liniya qachon ochilishi haqida yaqin orada ma’lumot berishini ta’kidlagan.

“Ko dnu” kanali esa “Yo‘lovchilar oldindan ogohlantirildimi?”, “Uning o‘rniga avtobus yo‘lga qo‘yildimi?”, “Yo‘nalish ochilishi aniq vaqti va soati e’lon qilinishi kerakmi?”, degan haqli savollarni o‘rtaga tashlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют