» » Uchtepalik ayol tibbiy niqoblarni tikib, bepul tarqatmoqda (video)

Uchtepalik ayol tibbiy niqoblarni tikib, bepul tarqatmoqda (video)


Poytaxtning Uchtepa tumanida joylashgan “Bog‘obod” mahallasida istiqomat qiluvchi ayol o‘z hisobidan tibbiy niqoblar tikib, odamlarga bepul tarqatmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Dorixonalarda tibbiyot niqoblarga tanqislik yuzaga keldi, narxlar ko‘tarilib ketdi. O‘zim 1000 metr marli (doka) olib kelib, tikib bera boshladi. Bir paytlar ‘Front ortidagi front’ degan kinoni ko‘rgandim. Urush mahali ota-bobolarimiz kun-u tun mehnat qilishgani, ham duoda bo‘lishib, ham yodam berishgani esimga tushib ketdi. Biz ham hozir koronavirusga qarshi kurashayapmiz. Bir chetda qarab turganimiz bilan bo‘lmaydi”, — deydi ayol.

Oydinoy opaning ta’kidlashicha, uning tikuvchilik borasida 35 yillik tajribasi bor.

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi sabab karantin e’lon qilingach, hududlarda tibbiyot niqoblari taqchilligi kuzatildi. Natijada niqoblar narxida sun’iy o‘sish yuzaga keldi. Avvalroq andijonlik tadbirkor kuniga 20 ming dona tibbiyot niqobi tayyorlab, dorixonalarga 900 so‘mdan yetkazib berayotgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekistonda bir kunda 500 ming dona tibbiy niqob ishlab chiqarilmoqda.

Mavzuga doir:

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda tibbiy buyumlar, aynan tibbiyot va gigiyenik yuz niqoblarini ishlab chiqaruvchi 20 ta korxona mavjud. Shuningdek, respirator niqob ishlab chiqaruvchi korxonalar ham bor bo‘lib, ularning barchasida ishlab chiqarish quvvati kuchaytirilgan va ular uzluksiz tartibda ishlab turibdi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishga qo‘shimcha ravishda O‘zbekistonda tekstil korxonalari ham dokadan qatlamli gigiyenik niqoblarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют