» » Andijonlik tadbirkor kuniga 20 ming dona tibbiyot niqobi tayyorlab, dorixonalarga 900 so‘mdan yetkazib bermoqda

Andijonlik tadbirkor kuniga 20 ming dona tibbiyot niqobi tayyorlab, dorixonalarga 900 so‘mdan yetkazib bermoqda


Andijonlik tadbirkor kuniga 20 ming dona tibbiyot niqobi tayyorlab, dorixonalarga 900 so‘mdan yetkazib bermoqda, — deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov.

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi sabab karantin e’lon qilingach, hududlarda tibbiyot niqoblari taqchilligi kuzatildi. Natijada niqoblar narxida sun’iy o‘sish yuzaga keldi.

Mavzuga doir: “Niqoblar to‘g‘ri taqilmasa virusdan himoya qilmaydi”. Tibbiyot niqoblarining foyda va zarari haqida

2018-yil avgust oyida Andijon shahrida faoliyatini boshlagan “Makro Farm Andijan” MChJ joriy yil mart oyidan boshlab tibbiyot niqoblari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Jamiyat tizimidagi dorixonalar ish boshqaruvchisi Hasanboy Mirhakimovning aytishicha, hozirda korxonada kuniga 20 ming dona tibbiyot niqoblari tayyorlanmoqda. Niqoblar jamiyatga qarashli 20 ta dorixonaga teng miqdorda taqsimlanmoqda. Tannarxi 900 so‘mga tushayotgan gigiyenik-profilaktika vositasi dorixonalarda 1000 so‘mdan sotilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda kuniga 500 ming dona tibbiy niqob ishlab chiqarilmoqda, ularning sonini 2 milliontaga yetkazish mumkin

“19-martdan boshlab kunlik ishlab chiqarish hajmi 40 ming donaga yetkaziladi. Ayni paytda buning uchun zarur xomashyo olib kelinmoqda”, — deydi Hasanboy Mirhakimov.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют