» » Koronavirus haqida ma’lumot beruvchi o‘zbek tilidagi sayt ishga tushdi

Koronavirus haqida ma’lumot beruvchi o‘zbek tilidagi sayt ishga tushdi


O‘zbekistonda ko‘ngilli dasturchilar tomonidan koronavirus haqida ma’lumot beruvchi o‘zbek tilidagi sayt ishga tushirildi.

O‘tgan bir necha kun davomida aholiga ushbu kasallik bo‘yicha yanada kengroq ma’lumot yetkazish maqsadida ko‘ngilli dasturchilar tomonidan maxsus sayt ishlab chiqildi. Covidinfo.uz manzilidagi ushbu saytda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar o‘zbek va rus tillarida joylashtirilgan.

“Saytda dasturiy ishlar hamon davom etmoqda, biroq bugungi vaziyatdan kelib chiqib, uni test rejimida ishga tushirishga qaror qildik. Undagi ma’lumotlar siz uchun foydali va ishonchli manba bo‘ladi, deb ishonamiz”, — deyiladi sayt ijodkorlari xabarida.

Avvalroq O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ittifoqi, Mass-media fondi va boshqa ko‘plab tashkilot va idoralar hamkorligida “Koronavirus Info” Telegram kanali ochilgan edi.

Bundan tashqari aholini qiziqtirayotgan savollarga javob berish uchun ikki tilda faoliyat ko‘rsatayotgan maxsus bot — @covidhelpuzbot ham yaratilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga yetgan. Fransiyada bo‘lib qaytgan birinchi bemor ayolning yana uch nafar qarindoshida koronavirus aniqlangan. Avvalroq uning o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nevarasi, onasi, kelini, yana bir qarindoshi va bir hamkasbida ham kasallik aniqlangan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 nafarga yetdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют