» » Hindistonda mahalliy aholidan biri o‘zida saraton kelib chiqishiga sabab bo‘lganidan shikoyat qilgach, uyali aloqa minorasi yopib qo‘yildi

Hindistonda mahalliy aholidan biri o‘zida saraton kelib chiqishiga sabab bo‘lganidan shikoyat qilgach, uyali aloqa minorasi yopib qo‘yildi


Hindiston Oliy sudining qarori bo‘yicha Bharat Sanchar Nigam Limited telekommunikatsiya kompaniyasi Madxya-Pradesh shtatidagi uyali aloqa minorasi ishini to‘xtatishi kerak. Bu haqida The Times of India nashriga tayanib, TJournal xabar berdi.

Bunga uy ishchisi bo‘lmish 42 yoshli Xarish Tivari minora tarqatayotgan radiatsiya o‘zida saraton kelib chiqishiga sabab bo‘lgani haqidagi shikoyati asos bo‘lgan.

Erkakning so‘zlariga ko‘ra, minora ish joyining yonidagi uy tomiga o‘rnatilgan va 2002-yildan beri kun-u tun ishlamoqda. Tivarining ta’kidlashicha, 14 yillik radiatsiya oqibatida unda saraton kasalligi rivojlangan.

Hindistonlik arizani 2016-yil mart oyida topshirgan, biroq sud radiatsiyaning ta’sirini isbotlovchi dalillar talab qilgan. Tivarining advokatlari hayvonlarni muxofaza qiluvchilar bilan birgalikda minoraning doimiy ishi tufayli hududdan qush hamda hayvonlar ketib qolgani haqida so‘zladi.

Sud kengashi Tivarini qo‘shnisining tomiga o‘rnatilgan minora noqonuniy deb topdi. Sud minorani yetti ish kuni davomida yopish haqida qaror chiqardi.

Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotning xisobotiga tayanib “past darajadagi elektromagnit maydonlar zararining ilmiy isboti yo‘q”ligi haqida ma’lum qilishgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют