» » Italiyada koronavirusdan bir sutkada 627 kishi vafot etdi. Bu — rekord

Italiyada koronavirusdan bir sutkada 627 kishi vafot etdi. Bu — rekord


O‘tgan bir sutka ichida Italiyada koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 627 kishini tashkil etdi. Bu haqda Fuqarolik mudofaasi departamenti rahbari Anjelo Borelliga tayanib, ANSA xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu mamlakatda koronavirus tarqalganidan buyon bir sutka ichida ushbu kasallikdan o‘lim holatlari soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

20-mart holatiga ko‘ra, Italiyada jami 4032 kishi koronavirus oqibatida vafot etgan, shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar soni esa 37,8 mingdan ortiq. Mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon, vafot etganlar va sog‘ayib ketganlarni qo‘shib hisoblaganda, 47 021 kishi koronavirusga chalingan.

20-mart holati bo‘yicha Italiya koronavirus oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha Xitoyni (3405 kishi vafot etgan) ortda qoldirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 nafarni tashkil etmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi ilk bemorlar sog‘ayayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida koronavirus bo‘yicha xalqqa murojaat qilgandi.

Shuningdek, davlat rahbari mazkur pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’sirlarini kamaytirish maqsadida zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan sohalardagi kompaniyalarga soliq ta’tillari berilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.

21-martdan mamlakatdagi choyxona va oshxonalar yopiladi, 23-martdan to‘ylarning o‘tkazilishi bekor qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют