» » Parkentda koronavirus karantinidan qochgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Parkentda koronavirus karantinidan qochgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Toshkent viloyati IIBB Parkent tumani IIB xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida karantinda bo‘lib turib, belgilangan tartib qoidalarga amal qilmay qochgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 19-mart kuni Rossiyaning Samara shahridan O‘zbekistonga kirib kelgan poyezd yo‘lovchilari, epidemik vaziyatdan kelib chiqib, o‘rnatilgan tartibda, Samarqand viloyatiga tashkil etilgan karantin markazlariga joylashtirilgan. Ammo Parkent tumanida yashovchi, 1954-yilda tug‘ilgan fuqaro Topgan E. belgilangan tartib-qoidalarga amal qilmay karantindan qochgan.

Hozirda ushbu shaxs o‘z uyida ushlangan va ehtiyot chorasi sifatida izolyatsiyaga olingan. Shuningdek, fuqaro Topgan E.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladi. Jumladan, sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, odamlarning ommaviy kasallanishiga olib kelsa 11,1 million so‘mdan 22,3 million so‘mgacha miqdorda jarima solish yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish odamning o‘limiga sabab bo‘lsa, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish odamlarning o‘limiga sabab bo‘lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 37 nafarga yetdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют