» » O‘zbekistonda karantin davrida har bir fuqaroga haftasiga 300 ming so‘mdan berilishi haqidagi xabarlar rad etildi

O‘zbekistonda karantin davrida har bir fuqaroga haftasiga 300 ming so‘mdan berilishi haqidagi xabarlar rad etildi


O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on va asossiz ma’lumotlar tarqalishda davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda “har bir fuqaroga haftasiga 300 ming so‘mdan berilishi” haqida yolg‘on xabarlar tarqadi. Ma’lum qilinishicha, bu kabi ma’lumotlar haqiqatga zid.

Avvalroq, do‘konlarda, avtobuslarda va ko‘chalarda bolalar aniqlansa, ota-onalari jarimaga tortilishi, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida maktablarda reydlar o‘tkazilishi, qo‘shimcha darslar yoki to‘garaklarda ishtirok etayotgan o‘quvchilar aniqlansa, maktablar jarimaga tortilishi kabi yolg‘on ma’lumotlar tarqalgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: “Bunday paytda hazil ketmaydi”. Abdulla Aripov koronavirus bo‘yicha asossiz ma’lumot tarqatganlarga chora ko‘rilishi haqida

Jinoyat kodeksining 244-1-moddasiga muvofiq, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash 44 million 600 ming so‘mdan 89 million 200 ming so‘mgacha (bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda) jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish esa 66 million 900 ming so‘mdan 89 million 200 ming so‘mgacha (bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda) jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yuqoridagi harakatlar:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют