» » Koronavirus sababli internet tarmog‘ida firibgarliklar ko‘payayotgani ma’lum qilindi

Koronavirus sababli internet tarmog‘ida firibgarliklar ko‘payayotgani ma’lum qilindi


Koronavirus pandemiyasi sababli internet tarmog‘ida aynan ana shu epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq firibgarlik holatlari ko‘paymoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi “O‘zkomnazorat” ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, firibgarlar infeksiyaning oldini olish uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik choralari yozilgan elektron xabarlarni yuboradi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad foydalanuvchining soxta veb-saytga kirishi uchun uni xabardagi havolani bosishga majbur qilish hisoblanadi. Soxta saytda esa foydalanuvchidan shaxsiy ma’lumotlarini berish so‘raladi.

Boshqa turdagi xabarlar virusning tarqalishiga qarshi kurashish uchun xayriya qilishni so‘raydi yoki nufuzli tashkilotlar nomidan og‘ir ahvoldagi bemorlarni davolash uchun mablag‘ talab qilinadi.

Bundan tashqari, saytlarda foydalanuvchining koronavirus bilan kasallangan yoki yo‘qligini aniqlash uchun test sotib olish takliflari ham beriladi.

“O‘zkomnazorat” foydalanuvchilarni hushyor bo‘lishga, notanish shaxslardan kelgan xatlarni o‘chirishga, havolalarni sinchkovlik bilan o‘rganishga va notanish raqamlardan qo‘ng‘iroq qilinganda ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.

Shuningdek, inspeksiya foydalanuvchilarni koronavirus pandemiyasi haqidagi barcha turdagi soxta xabarlardan ogohlantirgan hamda rasmiy va tasdiqlangan manbalardan ma’lumot olishni tavsiya qilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirus haqida haqiqiy vaziyatni soxtalashtirib talqin qilayotgan 33 ta akkaunt aniqlangan edi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga oid yolg‘on xabar tarqatgan Telegram’dagi kanallar mualliflariga ogohlantiruv xatlari yubormoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonda koronavirusdan ilk o‘lim holati ro‘y bergani, vertolyotlardan dezinfeksiya uchun dori sepilishi, karantin vaqti ko‘chada yurgan bolalarning ota-onalari jarimaga tortilishi haqidagi soxta xabarlar rad etildi.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash 44 million 600 ming so‘mdan 89 million 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 million 900 ming so‘mdan 89 million 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют