» » Turkiyada koronavirus tufayli barcha ta’lim muassasalari yopildi

Turkiyada koronavirus tufayli barcha ta’lim muassasalari yopildi


Turkiya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli barcha maktablarni 16-martdan boshlab 1 haftaga yopishga qaror qildi. Bu haqda Turkiya prezidenti boshchiligida o‘tkazilgan yangi turdagi koronavirus tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, maktablardagi bir haftalik dam olishdan so‘ng 23-martdan boshlab o‘quvchilar onlayn usulda ta’lim olishga o‘tadi.

Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalari ham ikki haftaga yopilishi ma’lum qilingan. Mamlakatda ommaviy tadbirlar o‘tkazish ham taqiqlandi.

Shuningdek, mutaxassislarning tahlillari va tavsiyalariga ko‘ra sport musobaqalari ham aprel oyi oxirigacha tomoshabinlarsiz o‘tishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11-mart kuni Turkiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat qayd etilgandi. Mamlakat fuqarosi Yevropaga borganida koronavirusni yuqtirib olgan. Hukumat turoperatorlarga koronavirus tarqalishi munosabati bilan sayyohlik mavsumini boshlashga shoshilmaslikni tavsiya qilgan.

Avvalroq koronavirus sabab Ozarbayjon va Qirg‘izistonda ommaviy tadbirlar bekor qilingani, Qozog‘istonda ham ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanib, maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqadigan bo‘lgani,  Emmanuel Makron Fransiyadagi barcha ta’lim muassasalarini yopish bo‘yicha topshiriq bergani xabar berilgandi.

UNESCO tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda koronavirus tufayli kuzatilayotgan inqiroz butun dunyoda 363 million o‘quvchi va talabani qamrab olgan. Bunda 57,8 million nafar talaba, qolgani esa maktab yoshigacha bo‘lgan hamda maktab o‘quvchilari ta’lim olishdan uzilib qolgan. Shu tarzda koronavirus sababli jahonda har beshinchi o‘quvchi maktabga, har to‘rtinchi talaba oliy o‘quv yurtiga bora olmayapti.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirus pandemiyasi qachon tugashi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют