» » O‘zbekistonga qaytish uchun murojaat qilgan fuqarolar soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonga qaytish uchun murojaat qilgan fuqarolar soni ma’lum qilindi


Operativ shtablarga 22-mart holatiga ko‘ra, 5800 dan ortiq o‘zbekistonlik va 2800 dan ortiq chet el fuqarolari vatanga qaytishni so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Jahongir Xudayxo‘jayev UzReport kanalidagi brifingda ma’lum qildi.

Rossiya, Turkiya, Misr, Hindiston, Malayziya, Koreyadan 7 ta charter reyslari orqali jami 1750 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytarilib, 14 kunlik karantinga olingan. Turli yo‘nalishlarda charter reyslari tashkil etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Mavzuga doir:

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Respublika maxsus komissiyasiga fuqarolarni mamlakatga qaytarish bo‘yicha aviareyslarni tashkillashtirishga ko‘rsatma bergani, komissiya O‘zbekistonga parvoz qiladigan charter reyslar jadvalini tuzib chiqqani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют