» » Germaniya va Buyuk Britaniyadagi vatandoshlar charter reyslar bilan O‘zbekistonga qaytariladi

Germaniya va Buyuk Britaniyadagi vatandoshlar charter reyslar bilan O‘zbekistonga qaytariladi


COVID-19 koronavirusining O‘zbekiston hududida tarqalishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan joriy qilingan cheklov choralariga ko‘ra 2020-yilning 16-martidan boshlab O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan barcha xalqaro avia, avto va temir yo‘l qatnovlari vaqtincha bekor qilingandi.

TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, xorijda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytishlari uchun davlat chegarasini kesib o‘tishlari ta’qiqlanmaydi. O‘zbekiston hududiga kirish bo‘yicha qo‘yilgan cheklovlar boshqa davlatlarning fuqarolariga nisbatan qo‘llaniladi.

Xususan, Buyuk Britaniyada O‘zbekistonga kirish uchun vizalar berish to‘xtatildi. Konsullik-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish masofadan turib (Elchixonaga tashrif buyurmasdan) hamda pochta xizmati orqali amalga oshiriladi. Ariza beruvchilarning shaxsan ishtirokini talab qiladigan hujjatlar bundan mustasno (hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar www.uzembassy.uk veb-saytida joylashtirilgan).

O‘zbekistonning London shahridagi Elchixonasi Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga charter reyslar bilan vatanga qaytishlarida ko‘mak beradi. Shu bilan birga fuqarolar qaytib kelishlari bilan 14 kun davomida karantinda bo‘ladi.

Londondan charter reyslarini tashkil etish maqsadida O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lgan fuqarolari to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash boshlandi.

Shuningdek, 16-mart kuni Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahridan charter reyslarini tashkil etish uchun O‘qaytmoqchi bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot to‘plash ham boshlandi.

Elchixona charter reyslarda O‘zbekistonga qaytishni istagan fuqarolar “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonasining london@uzairways.co.uk yoki Elchixonaning consul@uzembassy.uk elektron pochta manzillariga quyidagi ma’lumotlarni yuborishlari lozm:

Charter reysi aniq vaqti va parvoz shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.

Mavzuga doir: Uzbekistan Airways 17-mart kuni Moskvadan Toshkentga charter reysni amalga oshiradi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют