» » AQShda hojatxona qog‘ozini olish uchun kelgan homilador ayolning supermarketda ko‘zi yoridi

AQShda hojatxona qog‘ozini olish uchun kelgan homilador ayolning supermarketda ko‘zi yoridi


AQShning Missuri shtati Springfild shahrida yashovchi ayol supermarketda farzand dunyoga keltirdi, deb xabar berdi New York Post.

Homilador ayol koronavirus infeksiyasi tarqalishi fonida talab ortib ketgan hojatxona qog‘ozi sotiladigan bo‘limga o‘tganida uning dardi tuta boshlagan.

Supermarketdagi hamshira va o‘t o‘chiruvchilar ayolga tug‘ishiga yordam bergan. Do‘kon menejeri Jessika Xinkl esa uni begonalar nazaridan yashirib, choyshab tutib turgan.

45 daqiqadan so‘ng ona-bolani tez yordam xizmati shifoxonaga olib ketgan. Boshqa xaridorlar ona va chaqaloqni olqishlar bilan kuzatib qo‘ygan.

Do‘kon menejeri Xinkl jurnalistlarga ertasi kuni ayolga qo‘ng‘iroq qilgani hamda uning va chaqaloqning ahvoli yaxshi ekanligidan xabar topganini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют