» » AQShdagi kasalxonada 15 nafar hamshira bir vaqtning o‘zida homilador bo‘ldi (video)

AQShdagi kasalxonada 15 nafar hamshira bir vaqtning o‘zida homilador bo‘ldi (video)


AQShdagi Nyu-York universiteti kasalxonasida birdaniga 15 nafar hamshira homilador bo‘ldi. Ularning barchasi yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reanimatsiyasi va tug‘ruq bo‘limida hamshira va shifokor yordamchisi bo‘lib ishlaydi. Bu haqda “Segodnya Lifestyle” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ulardan biri farzandini aprelda dunyoga keltiradi.

“O‘ylab ko‘rish kerak! Balki nimadir icharmiz? Hammamizni omadimiz kuldi”, — deydi iyunda farzand ko‘rishi kutilayotgan ayol.

“Ba’zan sezilmaydi. Chunki hozir sviter kiyib yuribman. Ammo kunlar isib, uni yechsam, menga ‘Sen ham homiladormisan?’ deyishadi”, — deydi boshqa hamshira.

Hamshiralardan biri ish joyida farzand ko‘rishni rejalashtirmoqda. Uning fikricha, u bundan yaxshiroq tug‘ruqxona topolmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют