» » Meksikalik ayol 70 yoshida homilador bo‘ldi

Meksikalik ayol 70 yoshida homilador bo‘ldi


Meksikada yashovchi 70 yoshli Mariya de la Luz homiladorlikning oltinchi haftasida ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi Daily Mail.

Ayol jurnalistlarga homiladorligini tasdiqlovchi UTT natijalarini ko‘rsatgan. Biroq rekord o‘rnatish uchun rasman hujjatlashtirish kerak bo‘ladi.

“Menga farzandimni qizaloq deb aytishdi. Qarang UTT qog‘ozida uning mitti yuzi ko‘ringan”, — deydi ayol.

U qanday qilib homilador bo‘lgani haqidagi tafsilotlarni oshkor qilmagan.

Mariyaning aytishicha, u uch oy oldin o‘zini juda yomon his qilgan.

“Oyoqlarim og‘rib, boshim aylanar va ko‘nglim aynidi. Shifokorlar 10 marta UTTda tekshirib, homilador ekanligimga ishona olmadi”, — deydi u.

Bu Mariyaning sakkizinchi farzandi. Uning katta farzandlari bu xabardan unchalik xursand bo‘lmagan. Sababi ular onasi farzand ko‘rish yoshida emasligi bois undan  xavotir olmoqda.

Agar Mariya farzandini eson-omon dunyoga keltirsa, u 66 yoshida farzand ko‘rgan ispaniyalik ayolning rekordini yangilaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 128) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют