» » Xitoylik homilador ayol sho‘rvasini to‘kib yuborgan boladan o‘ch oldi (video)

Xitoylik homilador ayol sho‘rvasini to‘kib yuborgan boladan o‘ch oldi (video)


Xitoyning Shensi provinsiyasi Baotszi shahridagi yemakxonada homilador ayol to‘rt yoshli bolaning oyog‘idan chalib, yiqitib yuborgani aks etgan video tarqaldi, deb xabar beradi “Sohu.com”.

Ushbu video ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ular homilador ayolning ushbu harakatini keskin tanqid qildi.

Qayd etilishicha, bolakay ko‘chada kutib turgan ota-onasi uchun ovqatlanishda foydalaniladigan cho‘plarni olish maqsadida homilador ayol ovqatlanib o‘tirgan yemakxonaga yugurib kirgan.

U binoga kirayotganida eshikdagi plastik pardani bosib olgan, shu paytda parda ayolning yuziga borib urilib, uning sho‘rvasi to‘kilib ketgan.

Ayol ushbu harakatni jazosiz qoldirishni istamadi va bola ko‘chaga yugurib chiqayotganida uning oyog‘idan chalib yiqitdi. Bola orqasi bilan yerga yiqilib tushdi.

Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, u jiddiy jarohat olmagan.

Ushbu videoni tomosha qilgan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari homilador ayolni haqoratlab, unga ko‘ngilsizliklar tilagan.

Bolaning yaqinlari ayol o‘z xohishi bilan politsiyaga borgani va ish ijobiy hal etilganini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng uning ota-onasi internet foydalanuvchilariga murojaat qilib, bo‘lajak onani haqoratlashni to‘xtatishni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 125) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют