» » 50 yoshli britaniyalik ayol to‘rt egizakni dunyoga keltirdi (foto)

50 yoshli britaniyalik ayol to‘rt egizakni dunyoga keltirdi (foto)


Buyuk britaniyalik 50 yoshli Treysi Britten mamlakat tarixida to‘rt egizakni dunyoga keltirgan eng yoshi katta ona bo‘ldi, deb yozadi Big Picture.

Uch nafar voyaga yetgan farzandi borligiga qaramay, ayol to‘rtinchi marta ona bo‘lishga qaror qildi va 7 ming funt sarflab, Kiprda ekstrakorparal urug‘lantirish usuliga murojaat qildi.

Treysi Brittenning sog‘lig‘i 30 yoshli ayolniki bilan teng bo‘lishiga qaramay, shifokorlar homilador bo‘lish ehtimolini oshirish uchun ayolning organizmiga 4 ta embrionni kiritdi.

Biroz vaqtdan keyin UTT Treysi egiz farzand bilan homilador ekanini ko‘rsatdi, ammo 9-haftada ayol bir yo‘la 4 farzand ko‘rishi ma’lum bo‘ldi. Bundna er-xotinning boshi ko‘kka yetdi.

Homiladorlikning 30-haftasida homilalarning birida salomatlik bilan bog‘liq muammolar aniqlandi. To‘rt farzand ham xavf ostida qolgani sababli, Treysi zudlik bilan kesarcha kesishga rozi bo‘ldi.

Operatsiyada 35 nafar shifokor qatnashdi. Hammasi yaxshi kechib, ayol uch qiz va bir o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Bolalar chala tug‘ilgani tufayli hozir maxsus bokslarda saqlanmoqda, biroq Yangi yilgacha ularga javob berilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют