» » Uyqusizlik amerikalik keksa ayolga katta yutuq keltirdi

Uyqusizlik amerikalik keksa ayolga katta yutuq keltirdi


AQShning Ouings Mils shahrida yashovchi ayol uyqusizlik tufayli bir necha ming dollarlik jekpotni yutib oldi. Bu haqda UPI xabar berdi.

Hamshira bo‘lib ishlaydigan 72 yoshli ayol kasalxonadagi tungi navbatchilikka borishdan oldin vaqtliroq uxlashga qaror qilgan, biroq uxlay olmagan. U yana uxlashga harakat qilgan, biroq uyqusi kelmagan. Ayol so‘nggi marta soatga qaraganda kechki 11:56 bo‘lgan.

Ayolning aytishicha, bu raqamlar uning boshida qolib ketgan, shuning uchun navbatchilikdan keyingi kun lotereya chiptasini sotib olish uchun do‘konga borgan. Ayol virtual sakrash o‘yinini o‘ynashga qaror qilgan va 11-raqamli otga 5 va 6 raqamlarini qo‘ygan. Uning raqamlari yutuqli bo‘lgan va ayol 13 323 dollarlik jekpotning egasiga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют