» » Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning qariyb 90 foizi sog‘ayib ketdi

Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning qariyb 90 foizi sog‘ayib ketdi


Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni kundan kunga kamayib bormoqda. Hozirda shifoxonalarda 5120 nafar bemor qolgan bo‘lib, mamlakatdagi barcha kasallarning qariyb 90 foizi davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 81 093 kishini tashkil etmoqda, davolanishga muvaffaq bo‘lgan 72 703 nafar bemorga shifoxonadan javob berilgan. Bu esa jami bemorlarning 89,65 foizini tashkil etadi.

Pandemiya boshlanganidan buyon Xitoyda (Xubey provinsiyasidan tashqari) 13 293 kishi koronavirus bilan kasallangan bo‘lib, ularning 117 nafari vafot etgan. Bunda o‘lim holati 0,88 foizni tashkil etmoqda. Epidemiya o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasining o‘zida esa 67 800 kishida virus aniqlangan va ularning 3153 nafari vafot etgan (o‘lim holati 4,65 foizga teng).

Mavzuga doir: 

22-mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 307 mingdan oshib ketgan. 13 ming nafar odam vafot etgan, 92,3 ming nafar odam tuzalgan. Infeksiya Xitoydan tashqari jahonning yana 167 mamlakatida kuzatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют