WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Kim Chon Namni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan ikki shaxs Malayziya sudiga yetkazildi
Kim Chon Namni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan ikki shaxs Malayziya sudiga yetkazildi
Shimoliy Koreya yetakchisining akasi Kim Chon Namni o‘ldirganlikda ayblanayotgan ikki ayol Malayziya sudiga yetkazildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, ayollarni sudga olib kelish vaqtida ularga zirhli nimchalar kiygizilgan va ular maxsus xizmat qo‘riqchilari kuzatuvida bo‘lgan.
Shu o‘rinda, ayollardan birining advokati so‘zlariga ko‘ra, Kim Chon Namning o‘ldirilishi borasidagi yana bir sud ishi 30-mayda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Avvalroq, Malayziya prokuraturasi Indoneziya va Vyetnam fuqarolari bo‘lgan ikki ayolga Kim Chon Namni o‘ldirishda ayblov e’lon qilgandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?