» » Koronavirus aniqlangan shaxs bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan shaxs tushunchasi belgilandi

Koronavirus aniqlangan shaxs bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan shaxs tushunchasi belgilandi


“Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, koronavirusni yuqtirish xavfi darajasiga qarab, koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan shaxslarga bo‘linadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasiga quyidagilar kiradi:

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslar provizor gospital yoki izolyatorga joylashtiriladi.

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasiga koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan bir samolyotda, poyezdda, avtobusda bo‘lgan, ammo ular bilan yaqin muloqot qilmagan shaxslar kiradi.

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar uy karantinida saqlanadi.

Avvalroq bir hafta ichida Toshkent shahri va barcha viloyatlarda karantinga moslashtirilgan bazalar tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlardan mobil telefonlar olib qo‘yiladi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 24-martdan boshlab dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi, umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati vaqtincha yopildi. Shuningdek, 24-martdan Qamchiq dovonida transportlar harakati to‘xtatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют