» » Korxona va tashkilotlar tomonidan xodimlar uchun navbatchi transport vositasi qatnovi tashkil etilishi mumkin

Korxona va tashkilotlar tomonidan xodimlar uchun navbatchi transport vositasi qatnovi tashkil etilishi mumkin


Transport vazirligi AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda korxona va tashkilotlar xodimlarining 22-martdan boshlab jamoat transporti faoliyati to‘xtatilganidan keyin ishga qanday qatnashi borasidagi savollariga javob berdi.

Vazirlik matbuot kotibi Navro‘z Ashirmatovning so‘zlariga ko‘ra, jamoat transporti faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror 21-mart kuni qabul qilinishida ish haftasi 24-mart kunidan boshlanishi inobatga olingan. Aynan shu vaqt oraliqda tashkilot va muassasalar rahbarlari vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, xodimlari ishxonalarga kelish-ketishini tashkil etish bo‘yicha masalalarni hal etishiga imkoniyat yaratilgan.

“Tashkilotlar tomonidan xodimlarini ish joylariga keltirish va uyiga qaytarish bo‘yicha transport logistikasida muammolar paydo bo‘lsa, ishni xodimning uyidan masofaviy tashkil etish yoki xodimlarni ta’tilga chiqarish masalasini ko‘rib chiqish tavsiya etildi.

Shuningdek, korxona va tashkilotlar o‘z xodimlari ishxonalarga kelish-ketishini tashkil etish bo‘yicha navbatchi avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasida “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatiga murojaat etishi mumkin”, – degan Navro‘z Ashirmatov.

Toshkent shahrida transport vositalari harakatlanishiga joriy qilingan cheklov faqat jamoat transport vositalariga tegishli bo‘lib, korxona va tashkilotlar tasarrufidagi avtotransport vositalarining ish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Korxona va tashkilotlardan o‘z xodimlarini ishga olib kelish va uyiga olib borish jarayonida hamda xizmat vazifalarini bajarishda avtotransport vositalarini har kuni majburiy dezinfeksiya qilish, texnik va sanitariya talablariga to‘liq rioya qilishi talab etiladi.

“Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatuvchi yuk avtomobillari harakatlanishi davom etadi. Shuningdek, pochta va kuryerlik xizmati bilan shug‘ullanuvchi avtomashinalarga ham cheklovlar mavjud emas”, – deya qo‘shimcha qilgan Transport vazirligi vakili.

Tadbirda Toshkent shahrida jamoat transporti qatnovi vaqtincha to‘xtatilgani bois haydovchi va chiptachilar vaziyat barqarorlashgunicha o‘z hisobidan ta’tilga chiqarilishi ham ma’lum qilingan.

Jamoat transportlarida harakatlanish maqsadida aprel oyi uchun xarid qilingan oylik yo‘l chiptalari to‘liq o‘z qiymatida qaytarib olinadi.

Mavzuga doir: 

Avval Toshkent shahri hududi 24-martdan boshlab yopib qo‘yilgani, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilgani, shuningdek, internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlar kechiksa, uzib qo‘yilmasligi, mamlakatda dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatilishi haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют