» » Andijonda ichki ishlar xodimlari va aholiga 30 mingta niqob tarqatildi

Andijonda ichki ishlar xodimlari va aholiga 30 mingta niqob tarqatildi


Andijon shahrida ichki ishlar xodimlari va aholiga 30 ming dona tibbiy niqob tarqatildi. “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulovning xabar berishicha, bu tadbir Andijon viloyati IIB tashabbusi bilan o‘tkazilgan.

Tibbiyot niqoblari va gigiyenik vositalar Andijon shahridagi jamoat joylarida, bozorlar va vokzalda xizmat olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati va patrul-post xizmati xodimlariga tarqatilgan.

Shuningdek, karantin vaqtida aholiga namunali transport xizmatini ko‘rsatib kelayotgan haydovchilarga, shuningdek, aholi vakillariga ham tibbiyot niqoblari bepul taqdim etilgan.

Yaqin kunlarda profilaktika inspektorlari hamda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlariga ham yana 20 ming dona tibbiyot niqobi, 500 dona gigiyenik vositalar tarqatilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 24-mart kuni soat 21:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 50 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakat bo‘ylab keng miqyosli choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, vodiy viloyatlaridan Qamchiq dovoni orqali O‘zbekistonning qolgan hududlariga chiqish taqiqlandi. Viloyatlar chegaralarida, xususan, Andijon viloyatiga kirish yo‘llarida postlar vaqtincha tiklandi. 25-martdan boshlab jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurgan shaxslar javobgarlikka tortiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют