» » “Union” futbolchilari koronavirus sabab maoshdan voz kechdi, “Bavariya” o‘yinchilariniki esa 20 foizga qisqardi

“Union” futbolchilari koronavirus sabab maoshdan voz kechdi, “Bavariya” o‘yinchilariniki esa 20 foizga qisqardi


Berlinning “Union” klubi futbolchilari va xodimlari koronavirus sabab yuzaga kelgan tanaffus vaqtidagi maoshidan voz kechdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Biz favqulodda vaziyatga duch keldik. Klubimizning maqsadi — futbol. Agar u to‘xtatilsa, bu hayotimiz mazmuniga ta’sir qiladi. So‘nggi oylarda rahbariyat, xodimlar, jamoa va qolgan ishchilar klubning Bundesligadagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun ter to‘kib ishladi. Rahbariyat nomidan barchaga tashakkur aytaman”, — deydi klub prezidenti Dirk Singler.

“Bu vaziyatda muammoga duch kelishimiz darhol ayon bo‘lgandi. So‘nggi bir necha kun faol munozaraga kirishdik va yakunda birgalikda ishlashga kelishib oldik. Bu og‘ir holatni birgalikda yengib o‘tmoqchimiz”, — deydi jamoa sardori Kristofer Trimmel.

Shuningdek, “Bavariya” futbolchilari va rahbariyati maoshining 20 foizidan voz kechgan. Bu mablag‘lar klubning qolgan xodimlari maoshini to‘liq to‘lab berishga xizmat qiladi.

Mavzuga doir:

26-mart holatiga Germaniyada koronvirus infeksiyasiga chalingan soni 37 mingdan ortiqni tashkil qilmoqda. Kurbonlar soni 206 nafarga yetgan. 3 mingdan oshiq kishi tuzalib ketgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 37) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют