» » Navoiy va Zarafshon shaharlariga kirish-chiqish 27-mart kuni soat 12:00 dan yopiladi

Navoiy va Zarafshon shaharlariga kirish-chiqish 27-mart kuni soat 12:00 dan yopiladi


27-mart kuni soat 12:00 dan boshlab, Navoiy va Zarafshon shaharlari, shuningdek, Uchquduq, Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlariga viloyatning barcha hududlaridan kirish va chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) to‘xtatiladi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi xabar berdi.

Mazkur hududlarga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, shahar va tumanlarda (Navoiy, Zarafshon shaharlari, Uchquduq, Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlari) doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat hokimining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas’ul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shu bilan bir qatorda, 27-mart kuni soat 12:00 boshlab ushbu hududlarda avtobuslar harakati to‘xtatiladi.

“Viloyatning shahar va tumanlari hududlariga kirishga qo‘yilgan cheklovlar va karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi haqida ogohlantiramiz!”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq koronavirus sabab Samarqand va Buxoro viloyatlariga kirish va chiqish to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 6 viloyat aholisini Toshkentga olib boruvchi Samarqand postlarida kirib-chiqish to‘xtatildi

Eslatib o‘tamiz, 22-martdan Toshkent shahri hududida barcha jamoat transporti — avtobus, metro va yo‘nalishli taksilar harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan. 24-martdan boshlab Toshkent shahrini viloyatlar bilan bog‘lovchi postlar, Qamchiq dovoni bo‘ylab harakatlar, 26-martdan esa Namangan shahri kirish va chiqish to‘xtatilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют