» » Tarmoqlarda koronavirus bilan bog‘liq tarqalayotgan feyk xabarlar haqida ma’lumot berildi

Tarmoqlarda koronavirus bilan bog‘liq tarqalayotgan feyk xabarlar haqida ma’lumot berildi


O‘zbekistonda soxta axborotlarga raddiyalar uchun “Antifake.uz” deb nomlangan Telegram kanal tashkil etildi. Kanalda asosan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan koronavirus bilan bog‘liq feyk xabarlar haqida ma‘lumot berilmoqda.

Kanalda so‘nggi kunlarda tarqatilyotgan quyidagi xabarlar yolg‘on ekanligi aniqlanib, ularga raddiya berilgan:

Avvalroq koronavirus pandemiyasi sabab O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani haqida xabar berilgandi. Qonunga muvofiq, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida aholi orasida asossiz vahima tarqalishining oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda mutasaddi idoralarning normal faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratish maqsadida Jinoyat kodeksi 244-(5)-modda bilan to‘ldirilgan. Bu borada haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatgan inson bazaviy hisoblash miqodorining 200 baravarigacha (44 million 600 ming so‘m) miqdorda jarimaga tortiladi yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Mavzuga doir: AOKA Telegram kanali egalariga ogohlantirish yuborilayotganiga izoh berdi

AOKA direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjonovning koronavirus haqida yolg‘on axborot tarqatganlarga qonunchilikda qanday jazo tayinlanishini eslatib o‘tgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют