» » O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq 3600 dan ortiq holat qayd etildi

O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq 3600 dan ortiq holat qayd etildi


O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 3649 ta holat qayd etilgan. Bu haqda ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, karantin qoidalarini buzish bo‘yicha:

Karantir qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda, deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, Toshkent viloyati Zangiota tumani “Eshonguzar” QFYda yashovchi fuqaro J.R. tibbiy kuzatuv ostiga olinganiga qaramasdan, 25-mart kuni soat 12:00 da uyidan chiqib ketganligi uchun Toshkent shahar Uchtepa tumani IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushlangan.

Shuningdek, Jizzax viloyati Baxmal tumani “Do‘stlik” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro I. A. umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar joylar faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib turish to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan 24-mart kuni soat 10:00 da ushbu hududda joylashgan o‘ziga qarashli “Shashlik markazi” nomli choyxonada 6 nafar mijozga xizmat ko‘rsatayotganligi aniqlangan.

Buxoro viloyati Buxoro tumani “Chorbakr” MFYda yashovchi fuqaro A.J. hududiy profilaktika inspektori tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay 24-mart kuni soat 20:30 da o‘ziga tegishli bo‘lgan Buxoro shahar Ibn Sino ko‘chasidagi “Bek” kafesida 3 nafar mijozga xizmat ko‘rsatayotganligi aniqlangan.

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani “Katta Tagob” mahallasida yashovchi va o‘z uyida karantinda saqlangan, 21-mart kuni Qozog‘istondan kelgan fuqaro B.T. 23-mart kuni soat 11:00 da uyiga qarindoshlarini mehmonga chaqirganligi aniqlangan.

Yuqoridagi kabi holatlar yuzasidan huquqbuzar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo‘llanilgan.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan mamlakatdagi haqiqiy vaziyatni soxtalashtirib talqin qilayotgan, aholi orasida vahima keltirib chiqarishga qaratilgan uydirmalar, shuningdek, asossiz ma’lumotlarni tarqatayotgan akkauntlarni aniqlash va ularning egalariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda huquqiy ta’sir choralarini ko‘rish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganda javobgarlik kuchayishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Qonunga ko‘ra, karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo kuchaytirildi va jarimalar miqdori bir necha barobar oshirildi. Yuqumli kasallik haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev koronavirus masalasida O‘zbekiston xalqiga yana bir bor murojaat qildi. O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha maxsus komissiya koronavirusga qarshi karantin qoidalariga rioya qilishni so‘rab murojaat yo‘lladi.

O‘zbekistonda 27-mart kuni soat 10:00 dan boshlab viloyatlararo yo‘nalishlarda barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi. Toshkent, Namangan, Andijon, Guliston, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Zarafshon shaharlariga kirish-chiqish cheklandi hamda 28-martdan boshlab Qarshi shahriga kirish-chiqish yopiladi. 24-mart kuni Qamchiq dovoni bo‘ylab transport harakati to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan fuqarolar soni 83 nafarga yetdi, ulardan yetti nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. 27-mart kuni tongda Namanganda koronavirusga chalingan 72 yoshli ayol vafot etdi — uning o‘limiga miokard infarkti sabab bo‘lgani aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют