» » Yuqori Chirchiqdagi “konteyner-palata”larga xorijdan olib kelingan 650 nafar fuqaro joylashtirildi

Yuqori Chirchiqdagi “konteyner-palata”larga xorijdan olib kelingan 650 nafar fuqaro joylashtirildi


O‘rta Chirchiq tumanining O‘rtasaroy hududidagi yangi tibbiyot klinikasining davolanuvchilari uchun qurilgan “palata”larning birinchi partiyasi ketishga tayyor bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Qurilish vazirligining xabar berishicha, 27-mart kuni xorijdan olib kelingan 650 nafar fuqaro ushbu “konteyner-palatalar”ga joylashtirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 55 gektar hududda 3467 ta konteyner o‘rnatiladi, barcha qulayliklarga ega konteynerlar 4 nafardan 8 nafargacha shaxs uchun mo‘ljallangan.

Poytaxtdan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan maxsus shifoxonada charter reyslarda xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan o‘zbekistonliklar karantinda saqlanadi.

Mavzuga doir: O‘rta Chirchiqda 5 kunda quriladigan 10 ming o‘rinli kasalxona uchun “konteyner-palata”larning birinchi partiyasi tayyor bo‘ldi (video)

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarni davolash va karantin uchun 10 ga yaqin shifoxona qurilayotgani haqida xabar berilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 104 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirusga qarshi kurashga 100 mingga yaqin tibbiyot xodimi safarbar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют