» » Boliviyada koronavirus sababli kommunal to‘lovlar 50 foizga arzonlashtirildi

Boliviyada koronavirus sababli kommunal to‘lovlar 50 foizga arzonlashtirildi


Boliviya Senati kredit bo‘yicha foizlarni to‘lashni kechiktirib, uy-joy kommunal xizmatlari uchun to‘lovlarni 50 foizga arzonlashtirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Bu haqda mamlakat parlamenti saytida ma’lum qilingan.

“Senat koronavirus bilan bog‘liq favqulodda vaziyat paytida aholiga turli moliyaviy institutlardan olingan foizlar va boshqa turdagi to‘lovlarni kechiktirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, pandemiya vaqtida suv, elektr energiyasi, kanalizatsiya, gaz va telekommunikatsiya uchun to‘lovlar ham 50 foizga arzonlashtiriladi.

Boliviya hukumati mamlakatda 15-aprelgacha favqulodda holat rejimini joriy etishga va hozirgi kunda 61 kishi koronavirus bilan kasallangani fonida chegaralarni butunlay yopishga qaror qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 597,3 ming kishiga yetgan. Vafot etganlar soni esa 27,3 ming kishidan oshib ketdi. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 104 kishiga yetdi.

Mavzuga doir: JSST koronavirus pandemiyasining tarqalishi tezlashganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют