» » Qashqadaryoda fuqaro un narxi oshgani haqidagi noaniq xabar bilan viloyat hokimini chalg‘itishga urindi

Qashqadaryoda fuqaro un narxi oshgani haqidagi noaniq xabar bilan viloyat hokimini chalg‘itishga urindi


Qashqadaryoda 19 yoshli fuqaro viloyat hokimini chalg‘itishga uringan. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan Nishon tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Ixtiyor Umarovning aytishicha, fuqaro tumanda un narxi 240-250 ming so‘mga oshgani haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan.

Ma’lum qilinishicha, Nishon tumani “Yuksalish” mahallasida yashovchi U.U. viloyat hokimi Zoir Mirzayevning fuqarolar murojaati uchun tashkil etilgan Telegram manziliga xabar qoldirib, Nishon tumanidagi savdo do‘konlarida un narxi 240-250 ming so‘mga chiqqani, bir qop un uchun odamlar navbat talashib, to‘polon bo‘layotganini yozib qoldirgan.

Viloyat hokimi topshirig‘iga ko‘ra, vaziyat o‘rganilganda murojaatchi aytgan manzilda Toshkentda ishlab chiqarilgan bir qop un 148 ming so‘m, Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan un esa 178 so‘mdan sotilayotgani ma’lum bo‘lgan.

U.U. bilan suhbat chog‘ida u qarindoshi savdo do‘konida un 250 ming so‘mdan sotilayotganini, odamlar un uchun urishib-talashayotganini Telegram’ga yozishini so‘raganini bildirgan.

Tuman hokimligi, IIB xodimlari U.U.ga jamoatchilik o‘rtasida asossiz vahima uyg‘otuvchi yolg‘on ma’lumot tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishini tushuntirgach, fuqaro buning huquqiy oqibatlarini tushunmaganini, ishidan pushaymonligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 million 900 ming so‘mdan 89 million 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют