» » Davlat soliq qo‘mitasi musodara qilingan tibbiy niqoblarni Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirdi

Davlat soliq qo‘mitasi musodara qilingan tibbiy niqoblarni Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirdi


Davlat soliq qo‘mitasi musodara qilingan 718,8 million so‘mlik tibbiy niqoblarni Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, karantin davrida davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlar tomonidan tibbiy niqoblarni noqonuniy sotish bo‘yicha 81 ta holatni aniqlagan, tadbirlar davomida jami 718,8 million so‘mlik 216 690 dona tibbiyot niqobi masalasi qonuniy hal bo‘lgunga qadar vaqtincha olib qo‘yilgandi.

Avvalroq, Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari 17—19-mart kunlari  123 431 dona, umumiy qiymati 311,2 ming so‘mlik hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tibbiy niqob noqonuniy savdoga qo‘yilganligini aniqlagani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Toshkentda karantin shartlarini buzib, nikoh to‘yi o‘tkazishga urinish holati kuzatildi

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2020-yil 26-martda imzolangan qonunga asosan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ushbu kodeksning 54-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha (27-mart holatiga ko‘ra, 1 115 000 so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 104 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют