» » Tramp AQShning koronavirus pandemiyasidan tiklanishi taxminan qachondan boshlanishini aytdi

Tramp AQShning koronavirus pandemiyasidan tiklanishi taxminan qachondan boshlanishini aytdi


Donald Tramp mamlakat koronavirus pandemiyasidan 1-iyundan boshlab tiklanishni boshlaydi, degan fikrda. Bu haqda AQSh prezidenti matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, eng yomon ko‘rsatkichlar yoz oyi boshlarida bo‘lishi kutilmoqda. 1-iyun sanasini prezident mamlakatning tiklanish jarayoni boshlanuvchi “tog‘ etagi” deb atagan. “Omad kulib boqsa, bu undan ham avvalroq boshlanishi mumkin”, — deya umid bildirgan Tramp.

Kuni kecha Oq uy koronavirus tarqalishiga qarshi choralar 30-aprelga qadar uzaytirilishini ma’lum qilgandi. Amerika yetakchisining ta’kidlashicha, AQShda koronavirus oqibatida vafot etish holatlarining eng yuqori nuqtasi keyingi ikki hafta davomida kuzatilishi mumkin.

Tramp mamlakat aholisini ijtimoiy aloqalardan tiyilish, masofadan ishlash, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish xizmati orqali sotib olish va o‘ta zarur holatlarsiz ko‘chaga chiqmaslik kabi hukumat ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. “Qancha ko‘p harakat qilsangiz, bu dahshatli tush shuncha tez tugaydi”, — deya qo‘shimcha qilgan Tramp.

Mavzuga doir: AQShda koronavirus sabab fuqarolarning harakat marshrutini ularning smartfonlari orqali kuzatish boshlandi

Eslatib o‘tamiz, AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘tib ketdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 142,5 mingdan oshgan.

Avvalroq Tramp koronavirus oqibatida 200 ming amerikalikning o‘lishini “yaxshi” ssenariy deb atagani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют