» » O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 12 484 ta holat aniqlandi

O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 12 484 ta holat aniqlandi


O‘zbekistonda koronavirus karantini e’lon qilingan 16-martdan buyon bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 12 484 ta holat aniqlandi.

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, eng ko‘p — 2 150 ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni  esa 1 001 tani tashkil etmoqda. Respublika bo‘yicha aniqlangan qolgan qoidabuzarliklar esa quyidagicha:

Eslatib o‘tamiz,  Shavkat Mirziyoyev epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganda javobgarlik kuchayishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Qonunga ko‘ra, karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo kuchaytirildi va jarimalar miqdori bir necha barobar oshirildi. Yuqumli kasallik haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi.

Shuningdek, Prezident koronavirus masalasida O‘zbekiston xalqiga yana bir bor murojaat qildi. O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha maxsus komissiya koronavirusga qarshi karantin qoidalariga rioya qilishni so‘rab murojaat yo‘lladi.

Avvalroq Toshkentda karantinga qaramay kuyov-navkar o‘tkazgan kelinning otasiga jinoiy ish qo‘zg‘atilgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют